Daryo

Erondagi O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari haqida ma’lumot berildi

Ayni paytda Eron Proligasida O‘zbekiston terma jamoasining 5 nafar a’zosi to‘p tepadi.

1 daqiqa o‘qish29 497 ko‘rishlar0 izoh11

AQSH va Isroil tomonidan Eron hududiga berilgan havo zarbalari ortidan ushbu mamlakatda to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar xavfsizlik nuqtayi nazaridan Eronni vaqtincha tark etmoqda. Bu ma’lumotni “Daryo”ning O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasidagi manbasi tasdiqladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Eron klublari sharafini himoya qilayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasining bir necha a’zosi notinch vaziyat sababli xavfsiz hududlarga yo‘l olgan:

  • Rustam Ashurmatov (“Istiqlol”) — ayni damda Dubayda bo‘lib turibdi.
  • Odil Hamrobekov (“Traktorsozi”) — Toshkentga qaytishga ulgurdi.
  • Jaloliddin Masharipov (“Istiqlol”) — jarohatidan tiklanish jarayonini o‘tash uchun Italiyaga yo‘l olgan.
  • Igor Sergeyev (“Persepolis”) — 28-fevral kuni Eron chegarasidan o‘tish uchun yo‘lga chiqqan.
  • Oston O‘runov (“Persepolis”) — ayni daqiqalarda Eron chegarasi orqali Turkiya davlatiga o‘tmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 28-fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 09:30 atrofida Tehron va mamlakatning boshqa yirik shaharlari (Isfahon, Qum, Kerej va Kirmonshoh) raketa hujumiga uchradi. Hozirda Eron havo hududi parvozlar uchun to‘liq yopilgan.

Qizil yarim oy jamiyatining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, hujumlar oqibatida mamlakatning 24 ta viloyatida jami 201 kishi halok bo‘lgan, 747 kishi esa turli darajada jarohat olgan. Ayniqsa, Eron janubidagi Minob shahrida joylashgan qizlar maktabiga berilgan zarba oqibatida 150 ga yaqin kishi qurbon bo‘lgani xabar qilinmoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar