Daryo

Eronning JCHdagi o‘yinlari Meksikada o‘tkazilishi mumkin

Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum xavfsizlik sabab Eronning guruh bosqichidagi barcha o‘yinlarini o‘z mamlakatida qabul qilishga tayyor ekanligini bildirdi.

1 daqiqa o‘qish6 834 ko‘rishlar0 izoh1

Jahon chempionati mezbonlaridan biri — Meksika Eron terma jamoasining barcha o‘yinlarini o‘z maydonlarida qabul qilishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda mamlakat prezidenti Klaudiya Sheynbaum rasman bayonot bergan.

“Hozirda bu masala FIFA bilan muhokama qilinmoqda. Agar texnik jihatdan iloji bo‘lsa, nima uchun ular AQSHga borishi kerak? Meksika barcha o‘yinlarni o‘zida qabul qilishga tayyor va biz uchun hech qanday noqulaylik yo‘q”, dedi Sheynbaum.​

Eslatib o‘tamiz, 28-fevral kuni AQSH va Isroilning Eronga qarshi harbiy amaliyot boshlagani sababli, Eron termasining AQSH hududiga borishi (guruh o‘yinlari o‘sha yerda rejalashtirilgan edi) xavfsizlik va siyosiy nuqtayi nazardan deyarli imkonsiz bo‘lib qolgan. Avvalroq Eron sport vaziri jamoa turnirda qatnashmasligini aytgan bo‘lsa-da, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi hali rasmiy voz kechish xati olmaganini bildirdi.

Ma’lumot uchun, Eron “B” guruhidan joy olgan bo‘lib, Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya bilan kuch sinashadi. Agarda FIFA Meksika taklifini qabul qilsa, Eronning o‘yinlari AQSHdan Meksikaga ko‘chirilishi mumkin.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar