Daryo

Isroil futbol assotsiatsiyasi sanksiyalar haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi: “Biz xavotirda emasmiz”

Fevral oyi oxirida AQSH va Isroilning Eronga qarshi boshlagan harbiy operatsiyasi mintaqadagi vaziyatni keskinlashtirib yubordi. Mazkur geosiyosiy taranglik fonida xalqaro sport jamoatchiligi FIFA va UEFA kabi tashkilotlardan ishtirokchi davlatlarga nisbatan sanksiyalar qo‘llashni talab qilmoqda.

1 daqiqa o‘qish6 004 ko‘rishlar0 izoh1

Isroil futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati Eron bilan davom etayotgan harbiy nizo fonida mamlakat terma jamoasi va klublarining xalqaro musobaqalardan chetlatilishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi. Bu haqda Sport24 nashri xabar bermoqda.

Jurnalistlarning “FIFA va UEFA tomonidan Isroil futbolini xalqaro turnirlardan chetlatish bo‘yicha biror-bir murojaat bo‘ldimi?” degan savoliga assotsiatsiya vakili qisqa va qat’iy javob bergan:

“Yo‘q. Hammasi yaxshi bo‘ladi. Biz bu masalada xavotir olayotganimiz yo‘q”, deydi Isroil futbol rasmiysi.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyi oxirida AQSH va Isroilning Eronga qarshi boshlagan harbiy operatsiyasi mintaqadagi vaziyatni keskinlashtirib yuborgan edi. Bunga javoban Eron AQSHning Isroil, Qatar, BAA, Saudiya Arabistoni, Quvayt va Bahrayndagi harbiy bazalariga zarbalar yo‘llagan. Mazkur geosiyosiy taranglik fonida xalqaro sport jamoatchiligi FIFA va UEFA kabi tashkilotlardan ishtirokchi davlatlarga nisbatan sanksiyalar qo‘llashni talab qilmoqda.

Ma’lumot uchun, hozircha FIFA va UEFA ushbu masalada rasmiy sukut saqlamoqda. Tashkilotlar 2026-yilgi Jahon chempionati mezbonligi va Isroil klublarining qit’a miqyosidagi turnirlarda qatnashish huquqi bo‘yicha yakuniy qarorlarini e’lon qilmagan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar