Daryo

Britaniya harbiylari Iroq osmonida Eron dronini urib tushirdi

Britaniya mudofaa vaziri “vaziyat jiddiy va tobora yomonlashib borayotganini” aytgan.

1 daqiqa o‘qish8 033 ko‘rishlar0 izoh2

Buyuk Britaniya harbiylari Iroq osmonida Eron dronini urib tushirdi. Bu haqda mudofaa vaziri Jon Hiliga tayanib, Sky News xabar berdi.

Mudofaa vaziri AQSH va Isroilning Erondagi urushi ortidan Britaniya Eron dronlarini “yo‘q qilayotganini” tasdiqladi. Xususan, 28-fevral kuni dronlarga qarshi maxsus bo‘linma Iroqda britaniyalik harbiylar joylashgan koalitsiya bazasiga tahdid solayotgan dronga qarata o‘t ochgan. Jon Hili mamlakat “faol choralar ko‘rayotganini” ma’lum qildi.

“Yaqin Sharqda mudofaa kuchlarimizni kuchaytirdik. Parvozlarni amalga oshiryapmiz. Bazalarimizga, harbiylarimizga yoki ittifoqchilarimizga tahdid solayotgan dronlarni urib tushiryapmiz. Vaziyat juda jiddiy va tobora yomonlashmoqda”, degan u.

Britaniya Kipr va Qatarga harbiy samolyotlar yuborgan, shuningdek, yer ustidan boshqariladigan qo‘shimcha radarlar va dronlarga qarshi tizimlarni joylashtirgan. Dronlarni urib tushirishda Typhoon yoki F-35 samolyotlari ishtirok etgan boʻlishi mumkin.

Buyuk Britaniya harbiylari Eronga qarshi hujumlarda ishtirok etmayapti. 1-mart kuni Eron minglab harbiylar va o‘nlab qiruvchi samolyotlar joylashgan Kiprdagi Britaniyaning aviabazasi yo‘nalishida ikkita ballistik raketa uchirgan.

“Ular bizning bazalarimizni nishonga olmaganiga ishonchimiz komil”, dedi Jon Hili.

​

Shuningdek, u Buyuk Britaniyaning 300 nafar harbiy xizmatchisi Bahrayndagi nishonlarga yaqin hududda bo‘lganini ta’kidladi.

Isroil va AQSH 28-fevral kuni Eronga hujumlarni boshladi, bunga javoban Islom respublikasi AQSHning Yaqin Sharqdagi bazalariga va Isroilga raketalar uchirdi. Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Kuvayt va Bahraynda portlashlar qayd etildi.​ AQSHning Bahrayndagi bazasi jiddiy shikastlandi. Mintaqa davlatlarining aksariyati oʻzining havo hududini yopgan, bu davlatlarga kirish va chiqish reyslari toʻxtatilgan. Dubay va Kuvayt aeroportlari dron hujumiga uchragan.

Voqeaga aloqador soʻnggi yangiliklar va videolarni @daryo_live kanalida ham kuzatib boring.


Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar