Daryo

APL. “Manchester Siti” mehmonda “Lids”dan ustun keldi. Husanov zaxirada qoldi

Angliya Premyer Ligasi 28-turidan o‘rin olgan “Lids” hamda “Manchester Siti” o‘rtasidagi bahs yakuniga yetdi.

1 daqiqa o‘qish4 647 ko‘rishlar0 izoh0

Angliya Premyer Ligasi 28-turidan o‘rin olgan “Lids” hamda “Manchester Siti” o‘rtasidagi bahs yakuniga yetdi. Lids shahridagi “Ellan Roud” stadionida kechgan bellashuvda “shaharliklar” 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi yagona gol 45+2-daqiqada “Manchester Siti” futbolchisi Antuan Semenyo tomonidan kiritildi.

Uchrashuvning ikkinchi bo‘limi ham murosasiz, keskin kurashlar ostida o‘tdi. Biroq darvozalar boshqa ishg‘ol qilinmadi.

Natijada, “Manchester Siti” o‘z hisobiga muhim 3 ochkoni yozdirib qo‘ydi. Jamoa ayni paytda APL turnir jadvalida 59 ochko bilan ikkinchi pog‘onani egallab turibdi. “Shaharliklar” yetakchi “Arsenal”dan ikki ochkoga ortda qolmoqda. Mag‘lubiyatga uchragan “Lids” esa 31 ochko bilan 15-o‘rinni band etgan.

Mazkur uchrashuvda “Manchester Siti”ning o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov va jamoa to‘purari Erling Holand maydonga tushirilmadi.

Angliya Premyer Ligasi

28-tur

“Lids” — “Manchester Siti” 0:1

Gollar: 0:1 — Semenyo (45+2)

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar