Daryo

APL. Husanov to‘liq o‘ynagan bahsda “Manchester Siti” “Brayton” bilan durang qayd etdi

Angliya Premyer Ligasi 21-turidan o‘rin olgan “Manchester Siti” hamda “Brayton” o‘rtasidagi bahs yakunlandi.

1 daqiqa o‘qish7 277 ko‘rishlar0 izoh1

Angliya Premyer Ligasi 21-turidan o‘rin olgan “Manchester Siti” hamda “Brayton” o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Manchesterdagi “Etihad” stadionida o‘tgan o‘yinda durang natija qayd etildi.

Uchrashuvdagi hisob 41-daqiqada Erling Holand tomonidan ochildi. U belgilangan penaltini aniq amalga oshirib jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 60-daqiqada esa Kaoru Mitoma gol kiritib, uchrashuvda muvozanatni tikladi. Mazkur hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi.

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov bahsni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq harakat qildi.

Ushbu natijadan so‘ng Pep Gvardiola jamoasi ochkolari sonini 43 taga yetkazgan holda APL turnir jadvalida 2-o‘rinda qoldi. Shaharliklar bilan bir xil ochkoga ega “Aston Villa” ham mazkur tur doirasida durang natija qayd etdi.

Peshqadam “Arsenal” 48 ochkoga ega. Londonliklar o‘z uchrashuvini 9-yanvarga o‘tar kechasi “Liverpul”ga qarshi o‘tkazadi. “Brayton” 21-turdan so‘ng 29 ochko bilan 9-o‘ringa joylashdi.

“Manchester Siti” navbatdagi uchrashuvini 10-yanvar kuni Angliya kubogi 1/32 final bosqichi doirasida “Ekseter Siti”ga qarshi o‘tkazadi. APL doirasidagi bahs esa 14-yanvar kuni “Nyukasl”ga qarshi kechadi.

Angliya Premyer Ligasi

21-tur

“Manchester Siti” — “Brayton” 1:1

Gollar: 1:0 — Holand (41, pen), 1:1 — Mitoma (60)

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar