Daryo

Abduqodir Husanovning “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

Husanov “shaharliklar” himoya chizig‘ida harakat qilgan futbolchilar orasida eng yuqori ball bilan baholandi. Umuman olganda, bu butun jamoa tarkibidagi eng yaxshi to‘rtinchi natija hisoblanadi. Faqatgina Erling Holand, Jeremi Doku va Fil Foden Abduqodirdan oldingi o‘rinlarda qayd etilgan.

1 daqiqa o‘qish1 786 ko‘rishlar0 izoh18

O‘zbekiston terma jamoasi va “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanov Angliya Premyer Ligasi 4-turidan o‘rin olgan “Manchester Yunayted”ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi va 90 daqiqa davomida maydonda harakat qildi.

Uchrashuvdan so‘ng Sofascore portali Husanovning o‘yinini 7,4 ball bilan baholadi. Bu ko‘rsatkich “shaharliklar” himoya chizig‘ida harakat qilgan futbolchilar orasida eng yaxshi natija bo‘ldi. Umuman olganda, bu butun jamoa tarkibidagi eng yaxshi to‘rtinchi natija hisoblanadi. Faqatgina Erling Holand, Jeremi Doku va Fil Foden undan yuqori o‘rinlarda qayd etgan.

Abduqodir o‘yin davomida 70 marta to‘pga tegindi. U 41 marta jamoadoshlariga uzatma berdi va ularning 32 tasi aniq manzilga yetib bordi (78 foiz aniqlik). Yerda 6 marta to‘p uchun kurash olib borib, ulardan 3 tasida ustun keldi. Shuningdek, havoda 4 marta kurash olib borib, 2 tasida raqibidan kuchliroq ekanligini isbotladi. Husanov 90 daqiqa ichida 6 marta to‘pni o‘z jarima maydonchasidan uzoqlashtirdi va 4 marta raqib hujumining xavfli tus olishini oldini oldi.

Foto: Getty Images

Norvegiyalik hujumchi Erling Holand o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U 87 daqiqa harakat qilib, ikkita gol urdi va 9,4 ball bilan baholandi. Ikki golga hammualliflik qilgan Jeremi Doku 8,4 ball bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. “Manchester Siti”ning birinchi goliga mualliflik qilgan Fil Foden esa 7,6 ball bilan uchinchi pog‘onada qayd etildi.

Foto: Sofascore

Asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchilar orasida eng past ko‘rsatkich Yoshko Gvardiolga tegishli bo‘ldi — xorvatiyalik himoyachi 90 daqiqa o‘ynab, 6,8 ball bilan baholandi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar