Daryo

APL. “Manchester Siti” safarda “Brenford”dan ustun keldi. Husanov qaydnomaga kiritilmadi

O‘yindagi yagona golga Erling Holand mualliflik qildi.

1 daqiqa o‘qish1 560 ko‘rishlar0 izoh1

Angliya Premyer Ligasi 7-turidan o‘rin olgan “Brentford” hamda “Manchester Siti” jamoalari o‘rtasidagi bahs 5-oktyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda “shaharliklar” 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

O‘yindagi yagona gol 9-daqiqada Erling Holand tomonidan kiritildi. Yoshko Gvardiolning uzatmasidan keyin norvegiyalik forvard raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Yakunda mazkur gol o‘zining yagonaligini saqlab qoldi va Pep Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti” muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. 

Mazkur natijadan keyin “Manchester Siti” hisobidagi ochkolar soni 13 taga yetdi va jamoa turnir jadvalida 5-pog‘onaga ko‘tarilib oldi. Imkoniyatni boy bergan “Brentford” esa 7 ochko bilan 16-o‘rinni band etgan. 

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov jarohat sabab o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi. Ta’kidlash kerakki, futbolchi ketma-ket 4 uchrashuvni o‘tkazib yubordi.

Angliya Premyer Ligasi
7-tur

“Brentford” — “Manchester Siti” 0:1
Gol:
0:1 — Holand (9)

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar