Daryo

APL. “Manchester Siti” “Vest Hem”dan ustun keldi. Husanov zaxiradan o‘yinga qo‘shildi

Angliya Premyer ligasi 17-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Manchester Siti” yirik hisobda g‘alaba qozondi.

1 daqiqa o‘qish9 040 ko‘rishlar0 izoh0

Angliya Premyer ligasi 17-turidan o‘rin olgan “Manchester Siti” hamda “Vest Hem” o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Manchesterdagi “Etihad” stadionida o‘tgan o‘yinda “shaharliklar” 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi hisob 5-daqiqada Erling Holand tomonidan ochilgan bo‘lsa, 38-daqiqada Tijjani Reynders “Manchester Siti”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 69-daqiqada Holand dubl qayd etdi va hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. Mazkur hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi va Pep Gvardiola jamoasi “Arsenal”ni bir ochkoga ortda qoldirgan holda turnir jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Arsenal” va “Everton” bahsi Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi.

“Manchester Siti” APL doirasidagi navbatdagi uchrashuvini 27-dekabr kuni “Nottingem Forest”ga qarshi o‘tkazadi.

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov 67-daqiqada zahiradan o‘yinga qo‘shildi.

Angliya Premyer ligasi

17-tur

“Manchester Siti” — “Vest Hem” 3:0

Gollar: 1:0 — Holand (5), 2:0 — Reynders (38), 3:0 — Holand (69)

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar