Daryo

Baxtiyor Saidov chegaradagi vaziyat boʻyicha Pokiston TIV rahbari bilan ham gaplashdi

Muhammad Isʼhoq Dar bilan telefon orqali muloqotda qarama-qarshilikni yumshatish va barqarorlikni taʼminlash toʻgʻrisida soʻz borgan.

1 daqiqa o‘qish6 410 ko‘rishlar0 izoh0

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov pokistonlik hamkasbi Muhammad Isʼhoq Dar bilan telefon orqali muloqot qildi.

Muloqotda Afgʻoniston va Pokiston chegarasidagi qurolli toʻqnashuvlar hamda keskin vaziyat yuzasidan fikr almashilgan. Tashqi ishlar vaziri tomonlarni vazminlikka va vaziyatni yanada ogʻirlashtirmaslikka chaqirgan.

Suhbat davomida mavjud qarama-qarshiliklarni yumshatish uchun oʻzaro ishonch va muloqot eng asosiy vosita ekani qayd etilgan.

“Vazminlikni saqlash va vaziyatni yanada keskinlashuviga yoʻl qoʻymaslik muhimligini taʼkidladik”, deb yozadi Oʻzbekiston TIV rahbari.

Baxtiyor Saidov ushbu masala yuzasidan Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy bilan ham suhbat qilgan.

27-fevralga oʻtar kechasi Afgʻoniston va Pokiston oʻrtasidagi munosabatlar ochiq harbiy toʻqnashuv darajasiga yetgan. Pokiston harbiy havo kuchlari Kobul va Paktiya viloyatidagi nishonlarga aviazarbalar bergan, shundan soʻng mamlakat mudofaa vaziri Xoja Osif “Tolibon” rejimiga qarshi “ochiq urush” boshlanganini eʼlon qilgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar