Daryo

Pokiston va Afg‘oniston chegarasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi

Jangarilar yo‘l chetiga o‘rnatilgan bomba bilan harbiylar karvoniga hujum qilib, so‘ng ularga qarata o‘t ochdi. Otishmada har ikki tomondan 30 kishi halok bo‘ldi.

1 daqiqa o‘qish1 915 ko‘rishlar0 izoh0

Pokiston shimoli-g‘arbida qurollangan jangarilar bilan bo‘lgan to‘qnashuvda 11 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Qurolli to‘qnashuv 8-oktyabr kuni Afg‘oniston chegarasi yaqinidagi Orakzay tumanida yuz bergan. Harbiylar razvedka operatsiyasini amalga oshirayotgan bo‘lgan. Reyd davomida “Tehrike Tolibon Pokiston” guruhi jangarilari  bilan “shiddatli” otishma boshlangan. Mazkur guruh hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.

Qurbonlar orasida podpolkovnik Junayd Orif, uning o‘rinbosari mayor Tayyab Rahat va yana 9 nafar askar bor. Pokiston armiyasi ma’lumotiga ko‘ra, 19 nafar jangari o‘ldirilgan. Jangarilar dastlab yo‘l chetiga o‘rnatilgan bomba bilan harbiylar karvoniga hujum qilgan, so‘ngra ularga qarata o‘t ochgan.

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif xavfsizlik kuchlarining xizmatlarini alohida ta’kidlab, halok bo‘lgan askarlar xotirasiga hurmat bajo keltirgan.

So‘nggi oylarda hukumatni ag‘darib, o‘rniga o‘zining qattiq islomiy boshqaruv tizimini o‘rnatmoqchi bo‘lgan  “Tehrike Tolibon Pokiston” xavfsizlik kuchlariga qarshi hujumlarini kuchaytirdi. Islomobodning ta’kidlashicha, bu guruh qo‘shni Afg‘onistondan turib hujumlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda, Hindiston esa go‘yoki ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlamoqda. Biroq, har ikki davlat bu ayblovlarni rad etgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar