“O‘zgidromet” 6 ta viloyatning tog‘li hududlarida yana qor ko‘chishi xavfi borligidan ogohlantirdi.
Ma’lum qilinishicha, 21—26-yanvar kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilinadi.
Shu jumladan:
- Qashqadaryo viloyati Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
- Samarqand viloyati Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyati Baxmal, Zomin tumanlarida;
- Toshkent viloyati Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
- Namangan viloyati Pop tumanida.

“Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Yuqoridagi hududlarda 16—19-yanvar kunlari ham qor ko‘chishi xavfi e’lon qilingandi.








