Daryo

“Tottenhem” “Atletiko” bosh murabbiyi bilan bog‘landi va ijobiy javob oldi — manba

Diego Simeone 2011-yildan buyon “Atletiko Madrid” bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritadi.

1 daqiqa o‘qish4 342 ko‘rishlar0 izoh2

Angliyaning “Tottenhem” klubi vakillari Madridning “Atletiko” jamoasi bosh murabbiyi Diego Simeone bilan aloqaga chiqqan. Bu haqda Indykaila News nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, argentinalik mutaxassis London jamoasiga 2026-yilning iyun oyidan boshlab ish bo‘yicha har qanday taklifni ko‘rib chiqishga tayyor ekanini ma’lum qilgan.

Avvalroq “Tottenhem” 2025-yil yozidan buyon jamoani boshqarib kelgan Tomas Frankni iste’foga chiqargan edi. Simeone esa “Atletiko”da 2011-yildan beri bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Joriy mavsum Angliya Premyer Ligasining 26-turidan so‘ng “Tottenhem” 29 ochko bilan turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi. Keyingi turda “shporlar” o‘z maydonida “Arsenal”ga qarshi bahs olib boradi.

“Atletiko” esa Ispaniya La Ligasida 23 ta uchrashuvdan so‘ng 45 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida “Barselona” va “Real Madrid”dan keyin 3-o‘rinda bormoqda.

Ma’lumot uchun, 55 yoshli Diego Simeone dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyi hisoblanadi. Argentinalik mutaxassis Madridning “Atletiko” klubida yiliga 30 million yevro ishlab topadi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar