Londonning “Tottenhem” klubi bosh murabbiylik lavozimiga Maurisio Pochettinoni tayinlash variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda insayder Ben Jeykobs o‘zining X (sobiq Twitter) tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Ayni paytda Pochettino AQSH milliy terma jamoasi ustozi bo‘lib ishlamoqda. Shu sababli uning Londonga qaytishi kamida Jahon chempionati yakuniga qadar amalda imkonsiz hisoblanadi. Manbaga ko‘ra, “shporlar” yangi mavsum boshlanguniga qadar jamoani vaqtinchalik murabbiy boshqarishi variantini ham ko‘rib chiqmoqda. Mundialdan keyin esa Maurisio bilan muzokara o‘tkazib ko‘rishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, Pochettino 2014–2019-yillar oralig‘ida “Tottenhem”ni boshqargan. Uning qo‘l ostida jamoa Chempionlar Ligasi finaliga qadar yetib borgan, shuningdek, Angliya Liga kubogi finalida ham ishtirok etgan.
Eslatib o‘tamiz, 11-fevral kuni “Tottenhem” rahbariyati Tomas Frank bilan xayrlashganini e’lon qilgan edi. Klub yomon natijalar ortidan daniyalik mutaxassis bilan shartnomani bekor qildi.
Hozirda “Tottenhem” Angliya Premyer Ligasida ketma-ket sakkiz o‘yindan beri g‘alaba qozona olmayapti. Jamoa 26-turdan so‘ng 29 ochko to‘plagan holda 16-o‘rinni egallab turibdi. Chempionlar Ligasining guruh bosqichida esa londonliklar 8 o‘yinda 17 ochko to‘plab, to‘rtinchi o‘rinni band etdi va 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun, avval