Daryo

“Atletiko” Xulian Alvaresga narx belgiladi

Argentina terma jamoasi a’zosi doimiy ravishda “Barselona” kuzatuvida bo‘lib turibdi. Biroq “Atletiko” yaqin orada o‘zining La Ligadagi raqiblari bilan muzokara o‘tkazish niyatida emas.

1 daqiqa o‘qish3 345 ko‘rishlar0 izoh1

Ispaniyaning “Atletiko Madrid” klubi hujumchi Xulian Alvares transferi bo‘yicha o‘z qarorini belgilab oldi.

Diario Sport nashri xabariga ko‘ra, madridliklar argentinalik futbolchini faqat 100 million yevrodan yuqori taklif tushgan taqdirdagina sotish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor.

Manbaga ko‘ra, “Barselona” ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Biroq kataloniyalik klubning hozirgi moliyaviy holati ushbu transferni amalga oshirishni deyarli imkonsiz qilmoqda.

Shuningdek, Argentina terma jamoasi a’zosi doimiy ravishda “Barselona” kuzatuvida bo‘lib turibdi. Biroq “Atletiko Madrid” yaqin vaqt ichida o‘zining La Ligadagi raqiblari bilan muzokara o‘tkazishni rejalashtirmayapti.

Hozirda Alvaresni sotib olish bo‘yicha Angliyaning “Arsenal” klubi asosiy da’vogar sifatida ko‘rilmoqda. Londonliklar yozgi transfer oynasida hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida argentinalik forvardni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.

Alvaresning “Atletiko Madrid” bilan shartnomasi 2030-yilgacha amal qiladi va klub futbolchi uchun 431 million funt sterling miqdorida tovon puli belgilagan. Shunga qaramay, jamoa Angliya klublaridan keladigan taxminan 129 million funt atrofidagi takliflarni ko‘rib chiqishi mumkin.

“Shuni ta’kidlash kerakki, ‘Atletiko’ futbolchini sotishga muhtoj emas va yozgi transfer oynasi oldidan tarkibda keskin o‘zgarishlar qilishni rejalashtirmayapti. Bu moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan ‘Barselona’ uchun jiddiy zarba bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Xulian Alvares “Atletiko Madrid” safida jami 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali 26 yoshli futbolchini 100 million yevroga baholagan. Uning klub bilan shartnomasi 2030-yil yozigacha amal qiladi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar