Daryo

Hafta boshida O‘zbekistonning qator hududlarida yomg‘ir yog‘adi

9-fevralda kuchli shamol esishi, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida uning tezligi soniyasiga 25 metrgacha yetishi mumkin.

2 daqiqa o‘qish7 799 ko‘rishlar0 izoh3

“O‘zgidromet” 9-fevral, dushanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

Toshkent shahrida havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechga tomon yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, 10-12 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-8 daraja iliq, kunduzi 14-16 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qorga aylanishi mumkin), tuman tushadi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, tuman tushadi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha, ayrim joylarda 22-25 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha, ayrim joylarda 22-25 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha, ayrim joylarda 20-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), baʼzi joylarda kuchli boʻladi, tuman tushishi mumkin. Qor koʻchishi xavfi bor. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar