Daryo

“O‘zgidromet” 21-yanvarda qor yog‘ishi kutilayotgan hududlarni e’lon qildi

Chorshanba kuni ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin, tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.

2 daqiqa o‘qish125 483 ko‘rishlar0 izoh50

O‘zbekistonning katta qismida 21-yanvarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘lishi prognoz qilingandi. “O‘zgidromet” chorshanba kuni yomg‘ir, qor yog‘ishi kutilayotgan ushbu hududlarni e’lon qildi.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi biroz qor yog‘ishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1 daraja sovuq-1 daraja iliq, kunduzi 7-9 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq, Ustyurtda kechasi 17-22 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, cho‘l hududning shimolida 10 daraja sovuqqacha, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

21—26-yanvar kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar