Daryo

Eldor Shomurodov Turkiyaning grand klubiga o‘tishi mumkin

“Bashakshehir” o‘zbekistonlik futbolchini sotishga qarshi emas, biroq uning transfer uchun 20 million yevro talab qilmoqda.

1 daqiqa o‘qish26 138 ko‘rishlar0 izoh34

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda Turkiyaning “Bashakshehir” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini Istanbulning boshqa jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fotospor.com nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Turkiya Superligasida chempionlik uchun kurash olib borayotgan “Fenerbahche” Shomurodovni transfer qilish masalasida “Bashakshehir” bilan muzokara o‘tkazgan. Istanbul klubi futbolchi bilan xayrlashishga qarshi emas, biroq Eldorning transferi uchun 20 million yevro talab qilmoqda.

“Bashakshehir” Shomurodov transferi uchun jami 5,7 million yevro sarflagan. Klub mavsum boshida futbolchini 3 million yevro evaziga “Roma”dan ijaraga olgan edi. 2026-yil fevral oyida shartnomadagi 2,7 million yevroga sotib olish bandi faollashtirilgan. Shuningdek, kelishuvga ko‘ra, futbolchining keyingi transferidan olinadigan foydaning 10 foizi “Roma”ga beriladi.

Ayni paytda “Fenerbahche” Turkiya chempionati turnir jadvalida 46 ochko bilan 2-pog‘onani egallab turibdi. Klub yetakchi “Galatasaroy”dan 3 ochkoga ortda qolmoqda. Sentyabr oyidan beri jamoani germaniyalik Domeniko Tedesko boshqarib keladi. 

Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov 2025-yil yozidan buyon “Bashakshehir” safida to‘p surib kelmoqda. Hujumchi shu vaqtga qadar klub tarkibida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol va 5 ta assist qayd etgan. Ayni paytda u Turkiya Superligasining eng yaxshi to‘purari bo‘lib, chempionat doirasida 14 ta gol va 4 ta assist muallifiga aylangan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar