Daryo

Turkiya chempionati. “Bashakshehir” safarda yirik hisobda g‘alaba qozondi. Shomurodovdan assist

“Bashakshehir” safida harakat qiladigan O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari o‘yinni asosiy tarkibda boshladi. Eldor Shomurodov to‘liq maydonda harakat qilgan bo‘lsa, Abbosbek Fayzullayev 81-daqiqada zaxiraga olindi.

1 daqiqa o‘qish4 646 ko‘rishlar0 izoh0

Turkiya Superligasi 19-turidan o‘rin olgan “Kayeserispor” hamda “Bashakshehir” o‘rtasidagi bahs yakuniga yetdi. 24-yanvar, shanba kuni bo‘lib o‘tgan o‘yinda istanbulliklar yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Uchrashuvdagi hisob 35-daqiqada ochildi. Bellashuv hakami “Kayserispor” futbolchisining qoidabuzarligidan keyin penalti belgiladi. 11 metrlik jarima zarbasini Daviye Zelke aniq amalga oshirib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.  Ikkinchi bo‘limning 67-daqiqasida oradagi farq ikkita oshdi. Ramazon Chivelek o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Natijada, “Bashakshehir” 2:0 hisobida oldinga chiqib oldi. O‘yin yakuniga yaqin hisob yirik ko‘rinishiga keldi. Eldor Shomurodovning uzatmasidan keyin Nunu da Koshta tablodagi natijani 3:0 ko‘rinishiga keltirdi. 

Shu tariqa, “Bashakshehir” Turkiya chempionatining 19-turida yirik hisobda g‘alaba qozondi. Istanbul klubi hozirda 29 ochko bilan turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi. Mag‘lub bo‘lgan “Kayserispor” esa 15 ochko bilan autsayderlar qatoridan joy olgan. 

“Bashakshehir” safida harakat qiladigan O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari o‘yinni asosiy tarkibda boshladi. Eldor Shomurodov to‘liq maydonda harakat qilgan bo‘lsa, Abbosbek Fayzullayev 81-daqiqada zaxiraga olindi.

Turkiya Superligasi

19-tur

“Kayserispor” — “Bashakshehir” 0:3
Gollar:
0:1 — Zelke (35, penalti), 0:2 — Chivelek (67, avtogol), 0:3 — Koshta (86)

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar