“Bashakshehir” safida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar Eldor Shomurodov hamda Abbosbek Fayzullayev Turkiya Superligasining 19-turidagi “Kayserispor”ga qarshi o‘yinda maydonga tushdi (3:0). Shomurodov to‘liq maydonda harakat qilgan bo‘lsa, Fayzullayev 81-daqiqada zaxiraga olindi.
Sofascore portali “Bashakshehir”ning 3-goliga hammualliflik qilgan Eldor Shomurodovning harakatlarini 7,3 ball bilan baholagan bo‘lsa, Abbosbek Fayzullayev 6,4 ballga loyiq ko‘rildi.
Shomurodov o‘yin davomida 39 marta to‘pga tegindi. Futbolchi bu vaqt ichida jami 28 bor uzatma amalga oshirgan bo‘lib, shulardan 20 tasi aniq manzilga yetib bordi — 71 foiz. Shuningdek, Eldor “Kayserispor” darvozasiga 2 marta aniq zarba yo‘llagan (barchasi muvaffaqiyatli). U maydonda 6 marta to‘p uchun kurash olib bordi. Kutilgan gollar (xG) foizi — 0,14.
Abbosbek o‘yin davomida 38 marta to‘pga tegindi. U 81 daqiqa ichida 22 ta uzatma amalga oshirgan va ularning 17 tasi aniq manzilga yetib bordi — 77 foiz. Futbolchi 2 ta zarba yo‘llagan (1 tasi darvozaga aniq yetib bordi). Fayzullayev maydonda 6 marta to‘p uchun kurash olib borgan bo‘lib, 2 martasida g‘alaba qozondi.
69-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, “Bashakshehir”ning 3-goliga mualliflik qilgan Nunu da Koshta uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Sofascore kabo-verdelik hujumchining harakatlarini 7,9 ballga loyiq ko‘rdi. Penaltidan gol urgan Daviye Zelke esa 6,9 ball bilan baholandi.
Ma’lumot uchun, ayni paytda “Bashakshehir” Turkiya chempionatining 19-turidan keyin 29 ochko bilan turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi. Mag‘lub bo‘lgan “Kayserispor” esa 15 ochko bilan autsayderlar qatoridan joy olgan.








