Daryo

Turkiya chempionati. “Bashakshehir” derbida “Fenerbahche” bilan durang o‘ynadi

“Bashakshehir”da to‘p tepadigan O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari — Abbosbek Fayzullayev hamda Eldor Shomurodov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. Shomurodov to‘liq o‘ynagan bo‘lsa, Fayzullayev 71-daqiqada zaxiraga olindi.

1 daqiqa o‘qish7 812 ko‘rishlar0 izoh0

Turkiya Superligasi 15-turidan o‘rin olgan “Bashakshehir” hamda “Fenerbahche” jamoalari o‘rtasidagi bahs yakuniga yetdi. Istanbuldagi “Fotih Terim” stadionida kechgan bahsda tomonlar 1:1 hisobida durang o‘ynadi. 

Uchrashuvdagi hisob 64-daqiqada mehmonlar futbolchisi Milan Shkrinyar tomonidan ochilgan bo‘lsa, 81-daqiqada Bertug‘ Yildirim oradagi muvozanatni tikladi. O‘yinning qolgan daqiqalari ham keskin kurashlar ostida kechdi, ammo darvozalar boshqa ishg‘ol qilinmadi. 

“Bashakshehir”da to‘p tepadigan O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari — Abbosbek Fayzullayev hamda Eldor Shomurodov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. Shomurodov to‘liq o‘ynagan bo‘lsa, Fayzullayev 71-daqiqada zaxiraga olindi. 

Mazkur natijadan keyin “Bashakshehir” hisobidagi ochkolar soni 17 taga yetdi. Jamoa hozirda turnir jadvalining 9-pog‘onasini egallab turibdi. 33 ochkosi bor “Fenerbahche” esa 2-o‘rindan joy olgan. 

Turkiya Superligasi

15-tur

6-dekabr, shanba

“Bashakshehir” — “Fenerbahche” 1:1
Gollar:
0:1 — Shkrinyar (64), 1:1 — Yildirim (81)

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar