Daryo

Chet el fuqarolari o‘zbek tilidan imtihon topshiradi — nizom tasdiqlandi

Kamida B1 darajadagi malaka sertifikatiga ega xorijliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash imtihonidan ozod etiladi.

1 daqiqa o‘qish15 181 ko‘rishlar0 izoh2

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan chet el fuqarolari uchun o‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash va sertifikatlash nizomi tasdiqlandi.

Bunda 2026-yil 1-martdan boshlab, CEFR mezonlariga muvofiq chet el fuqarolari uchun o‘zbek tilini bilishning A1, A2 va B1 darajalari bo‘yicha, 2027-yil 1-martdan boshlab esa B2, C1 va C2 darajalari bo‘yicha malaka sertifikatini berish uchun imtihonlar joriy etiladi.

Kamida B1 darajadagi malaka sertifikatiga ega xorijliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 2026-yil 1-apreldan boshlab, O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash imtihonidan ozod etiladi.

Imtihonlarni tashkil etish va sertifikatlash Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Avvalroq O‘zbekistonda endi universitetga kirishda B1 darajali sertifikat ham imtiyoz berilishi xabar qilingandi. Buning uchun abituriyent topshirayotgan yo‘nalishda chet tili birinchi fan bo‘lishi lozim. Bunda milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar hisobga olinadi.

Mamlakatda musiqa va jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga sertifikat berish tartibi ham tasdiqlangan. Sertifikatlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 3 yil muddatga elektron shaklda beriladi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar