Daryo

Rossiya 200 dan ortiq yoʻlovchi ketayotgan Xarkovdagi poyezdga zarba berdi (video)

Zelenskiy hujumni “terrorchilik akti” deb baholadi. Voqea joyidan besh kishining jasadi topildi. Poyezd tomon jami uchta dron uchirilgan.

1 daqiqa o‘qish12 671 ko‘rishlar0 izoh4

Rossiya qo‘shinlari Xarkov viloyatidagi yo‘lovchi poyezdiga dronlar bilan zarba berdi. Hujum oqibatida kamida besh kishi halok boʻldi. Bu haqda Xarkov viloyati prokuraturasi xabar berdi.

Zarba berish uchun Eronnning Shahed tipidagi uchta dron qo‘llanilgan.

“Besh kishining jasadi bo‘laklari topildi. Halok boʻlganlarning shaxsini aniqlash faqat DNK ekspertizalari o‘tkazilgandan keyingina mumkin bo‘ladi”, dedi prokuratura.

​Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, hujum Barvinkovo hududiy jamoasiga qarashli Yazikovoye qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan. Nishonga Chop — Xarkov — Barvinkovo yo‘nalishida harakatlangan yo‘lovchi poyezd olingan. Dronlardan ikkitasi poyezd yaqiniga, bittasi esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri vagon ichiga kelib urilgan. Bu esa vagon va elektrovozda yong‘in chiqishiga olib kelgan.
Foto: Ukraina prokuraturasi

Xarkov viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov poyezd Barvenkovo jamoasi hududida zarbaga uchraganini tasdiqladi. “RBK-Ukraina” xabariga ko‘ra, hujum vaqtida poyezdda 291 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hujumga uchragan vagonda 18 kishi bo‘lganini, ulardan bir nechtasini qutqaruvchilar qidirishda davom etayotganini aytdi.

Zelenskiy Rossiyaning harakatlarini terrorchilik akti deb atadi va “bu Yevropada ham, Amerikada ham, arab dunyosida ham, Xitoyda ham, boshqa joyda ham kvalifikatsiya qilinishiga shubha bo‘lmasligini” ta’kidladi.

“Tinch aholini yo‘q qilish uchun hech qanday harbiy maqsad yo‘q va bo‘lishi mumkin emas”, dedi u.

Poyezdda harbiylar ham boʻlgan

Ukrainada zarbaga uchragan poyezdda harbiylar ham, tinch aholi vakillari ham bo‘lgan. Yo‘l davomida poyezd to‘xtagan va aynan shundan so‘ng u dron hujumiga uchragan. Bu haqda Hromadske nashriga poyezd yo‘lovchilari orasida bo‘lgan harbiylardan biri ma’lum qilgan.

“Eshitgan suhbatlarimdan kelib chiqib aytsam, bu hujum oldindan rejalashtirilgandek tuyuladi. Poyezd nima uchundir Yazy­kove bekatiga yetib bormasdan to‘xtadi. Aynan shu paytda ‘Shahed’ droni harakat tarkibining o‘rtasiga kelib urildi”, degan harbiy.​

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar