Daryo

Ukrainaning elita jangchilari taqdirlash marosimida o‘ldirildi

Brigadaning eng yaxshi askar va uchuvchilari to‘plangan joyga zarba berilgan. Qancha harbiy halok bo‘lgani noma’lumligicha qolmoqda.

1 daqiqa o‘qish2 223 ko‘rishlar0 izoh7

Rossiya 1-noyabr kuni Ukrainada elita harbiylarini taqdirlash marosimida raketa uchirdi. Oqibatda bir nechta ukrainalik askar halok bo‘ldi va yaralandi. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.

Ukraina rasmiylari hodisa yuzasidan “ehtimoliy beparvolik” bo‘yicha tergov boshlagan. Hujumda necha nafar askar halok bo‘lgani noma’lum. Ukrainalik jurnalist Dmitriy Svyatnenkoning so‘zlariga ko‘ra, uning akasi — elita dron operatori marosim paytida halok bo‘lgan. 43 yoshli Vladimir Svyatnenko 35-alohida dengiz piyodalari brigadasida xizmat qilgan edi.

“U va uning safdoshlari mukofot olish uchun saf maydoniga yig‘ilgan edi. Eng yaxshilari to‘plangandi. Brigadaning eng yaxshi uchuvchilari va piyoda askarlari qo‘mondonlik tartibida to‘planganida ochiq joyda ballistik raketa uchib keldi. Beparvolik yana takrorlandi. U (akam) Krinki, Kuraxove, Marinka va Krasnogorovka janglarida do‘zaxni boshidan kechirgan edi... Uni ruslar o‘ldirdi, lekin jang maydonida emas”, degan Svyatnenko.

Hujum oqibatida 35-alohida dengiz piyodalari brigadasida xizmat qilgan ukrainalik fotograf va harbiy xizmatchi Kostiantin Huzenko ham halok bo‘lgan. Bundan tashqari, yaqin atrofdagi qishloqlarda to‘rt nafar tinch aholi, jumladan 11 va 14 yoshli bolalar ham o‘lgan, yana olti kishi yaralangan.

Ukraina davlat tergov byurosi (SBI) havo trevogasi paytida xavfsizlik qoidalariga rioya qilinganmi yoki yo‘qligini, harbiylarga bazada tegishli boshpana berilgani yoki yo‘qligini tekshirmoqda.

Ma’lumot uchun, 2023-yil noyabr oyida Zaporojye viloyatida o‘tkazilgan taqdirlash marosimida ham Rossiya raketasi hujum qilgandi, oqibatda 19 nafar ukrainalik harbiy halok bo‘lgan. O‘shanda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bu fojianing oldini olish mumkin bo‘lganini aytgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar