Daryo

Ukraina 4 000 km yo‘lni dronlarga qarshi to‘r bilan yopadi

Bunday to‘rlar dushman dronlarining qimmatbaho texnika, harbiylar yoki tinch aholiga yetib borishiga to‘sqinlik qiladi. Ukraina mudofaa vaziri ular uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratilganini aytdi.

1 daqiqa o‘qish3 700 ko‘rishlar0 izoh1

Ukraina frontoldi hududlaridagi 4 ming kilometr yo‘lga dronlarga qarshi himoya to‘rlarini o‘rnatadi. Bu haqda mudofaa vaziri Mixail Fedorov ma’lum qildi.

Rossiya masofadan boshqariladigan apparatlar yordamida Ukrainaning harbiy ta’minot yo‘llari va front ortidagi bazalariga tobora chuqurroq zarba bermoqda. Dronlar shifoxonalar, infratuzilma obyektlari va fuqarolik transportini ham nishonga olmoqda.

2025-yilda ularga qarshi ko‘p to‘rlar o‘rnatilgan bo‘lsa-da, ularga ehtiyoj yuqoriligicha qolmoqda. Fedorov himoya choralarini kuchaytirish va Rossiya dronlariga qarshi kurashish uchun byudjetdan qo‘shimcha 1,6 milliard grivna (37 million dollar) ajratilganini aytdi.

Himoya to‘rlari dronlarning parraklarini ilib qoladi va ularning nishonga — qimmat texnika, harbiylar yoki tinch aholiga — yetib borishiga to‘sqinlik qiladi.

Atigi bir oy ichida biz to‘rlarni o‘rnatish tezligini yanvar oyidagi kuniga 5 kilometrdan fevral oyida 12 kilometrgacha oshirdik. Bu harbiy logistika xavfsizligini sezilarli darajada yaxshiladi va frontdagi bo‘linmalarning barqaror ishlashini ta’minladi, dedi Fedorov.

​U mart oyida kuniga 20 kilometr yo‘lni yopishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Yil yakuniga qadar yo‘llarda yana 4 ming kilometrlik dronlarga qarshi himoya tizimini o‘rnatish niyatidamiz, dedi mudofaa vaziri.

​Shuningdek, Ukraina Rossiya bilan chegaradosh Xarkov va Sumi viloyatlari (shimoli-sharqi) hamda Chernigov viloyatida (shimoli) mudofaa istehkomlarini qurishni ham tezlashtiradi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar