Daryo

Hafta boshida O‘zbekistonning qator hududlarida qor yog‘ishi mumkin

Xususan, Toshkent shahrida 15-dekabr kuni kechasi va ertalab yomgʻir yogʻib, qorga aylanishi kutilmoqda.

2 daqiqa o‘qish155 604 ko‘rishlar0 izoh54

“O‘zgidromet” 15-dekabr kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, dushanba kuni qator hududlarda qor yog‘ishi mumkin.

Toshkent shahrida havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi, qorga aylanishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-3 daraja iliq, kunduzi 3-5 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, kunning birinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Tuman tushishi mumkin. Toshkent, Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq boʻladi.

Qish mavsumi uchun ham ob-havo prognoziga ko‘ra, dekabr oyi normaga nisbatan biroz issiqroq bo‘ladi. Yog‘ingarchilik miqdori norma atrofida yoki undan kam bo‘ladi. Yanvar oyi umumiy holatda normaga yaqin, ayrim hududlarda biroz sovuqroq bo‘ladi. Uchinchi o‘n kunlikda anomal sovuq kutilmoqda. Fevral oyi birinchi o‘n kunligida anomal sovuq davom etadi. Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda havo sezilarli iliydi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar