Daryo

O‘zbekistonda bu hafta qor yog‘ishi mumkin

15-yanvardan qator hududlarda yomgʻir, qor yog‘ishi kutilmoqda. Havo harorati pasayadi.

2 daqiqa o‘qish31 628 ko‘rishlar0 izoh8

“O‘zgidromet” 18-yanvargacha kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, Haftaning ikkinchi yarmida qator hududlarda qor yog‘ishi mumkin.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 15—17-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 12—14-yanvarda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, 15-16-yanvarda 0-5 daraja sovuq, 17-18-yanvarda 2-7 daraja sovuq, kunduzi 11-yanvarda 0-5 daraja iliq boʻladi, 12—13-yanvarda 7-12 daraja iliqqacha koʻtariladi, 14-yanvarda 3-8 daraja iliq boʻladi, 15—18-yanvarda 2 daraja sovuq-3 daraja iliqqacha pasayadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi. 15—17-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 11—14-yanvarda 2-7 daraja iliq boʻladi, 15—18-yanvarda 3 daraja sovuq-2 daraja iliqqacha pasayadi, kunduzi 11-12-yanvarda 11-16 daraja iliq, 13-14-yanvarda 13-18 daraja iliq, 15-18-yanvarda 2-7 daraja iliqqacha pasayadi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 12, 15-yanvarda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin, 16-17-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 11→14-yanvarda 0-5 daraja iliq, 15-yanvarda 2-7 daraja iliq boʻladi, 16—18-yanvarda 2 daraja sovuq-3 daraja iliqqacha pasayadi, kunduzi 11-yanvarda 10-15 daraja iliq, 12-yanvarda 8-13 daraja iliq, 13—14-yanvarda 10-15 daraja iliq boʻladi, 15-18-yanvarda 2-7 daraja iliqqacha pasayadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 16-17-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 12—15-yanvarda 3-8 daraja iliq boʻladi, 16—18-yanvarda 2 daraja sovuq- 3 daraja iliqqacha pasayadi, kunduzi 12-yanvarda 13-18 daraja iliq, 13-14-yanvarda 15-20 daraja iliq boʻladi, 15-18-yanvarda 5-10 daraja iliqqacha pasayadi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 16—17-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 12—14-yanvarda 7-12 daraja iliq boʻladi, 15—18-yanvarda 2-7 daraja iliqqacha pasayadi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 12, 16—17-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 12—16-yanvarda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq boʻladi, 17—18-yanvarda 2-7 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 12-yanvarda 3-8 daraja iliq, 13—14-yanvarda 5-10 daraja iliq boʻladi, 15—18-yanvarda 3 daraja sovuq-2 daraja iliqqacha pasayadi.

Yanvar oyi uchun prognozlarda, ikkinchi o‘n kunlikda harorat pasayib borishi. Uchinchi o‘n kunlikda respublika shimolida kechasi 15-20 darajagacha sovuq bo‘lishi mumkinligi ma’lum qilingandi. 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar