Daryo

Tramp Putinni ham G‘azo “Tinchlik kengashi”ga taklif qildi

Moskva ushbu taklif tafsilotlarini o‘rganayotganini bildirdi.

1 daqiqa o‘qish3 615 ko‘rishlar0 izoh4

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni ham G‘azo “Tinchlik kengashi”ga qo‘shilishga taklif qildi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayanib “RBK” xabar berdi.

“Ha, prezident Putin ham diplomatik kanallar orqali ushbu tinchlik kengashiga qo‘shilish taklifini oldi. Biz hozirda bu taklifning barcha tafsilotlarini o‘rganmoqdamiz. Shuningdek, barcha nozik jihatlarga oydinlik kiritish uchun Amerika tomoni bilan bog‘lanishga umid qilamiz”, dedi Peskov.

Bundan oldin Tramp Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, Argentina prezidenti Xaver Miley va Qozog‘iston prezidenti Qosim Jo‘mart-To‘qayevga ushbu taklif bilan murojaat qilgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Oq uy G‘azo sektorida tinchlik kengashi tarkibini 2026-yil 16-yanvarda e’lon qilgan. Unga sakkiz nafar a’zo, jumladan, AQSH davlat kotibi Marko Rubio, Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff, Trampning kuyovi Jared Kushner, Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler va boshqalar kiradi.

Bloomberg’ning yozishicha, AQSH ma’muriyati kengashda doimiy o‘rin olishni istagan davlatlardan kamida 1 milliard dollar so‘ramoqda. Shu bilan birga, guruh nizomi loyihasida Trampning o‘zi kengashning birinchi raisi bo‘lishi aytilgan. U tashkilotga kimni qabul qilishni o‘zi hal qiladi. Shuningdek, AQSH prezidenti ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadigan tashkilot qarorlarini ma’qullashi yoki rad etishi mumkin.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar