Daryo

O‘zbekistonda oltin quymalar narxi pastladi

Markaziy bank 19-yanvar kuni oltin quymalarini sotish va qadog‘i butligi yoki buzilganiga qarab qayta sotib olish narxlarini e’lon qildi.

1 daqiqa o‘qish11 772 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda 19-yanvar kuni oltin quymalar narxi pastladi. Bir gramm oltin narxi 1 million 827 ming so‘mni tashkil etdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, oltin quymalar narxi quyidagicha belgilandi:

  • 5 gramm — 9 mln 139 ming so‘m;
  • 10 gramm — 18 mln 277 ming so‘m;
  • 20 gramm — 36 mln 554 ming so‘m;
  • 50 gramm — 91 mln 386 ming so‘m;
  • 100 gramm — 182 mln 772 ming so‘m.
O‘zbekiston Markaziy banki 5-yanvardan oltin quymalarini qaytarib sotib olish narxlarini e’lon qilishni boshladi. Uni qaytarib olish narxlari esa qadog‘i butligi yoki buzilganiga (texnik talablarga mos kelmaydigan holatda bo‘lganiga) ko‘ra farqlanadi.
Foto: Markaziy bank

2026-yil 12-yanvar kuni 5 grammli oltin quyma narxi birinchi marta 9 million so‘mdan oshgandi. 13-yanvar kuni oltin quymalar narxi yana 2,3 foizga oshib, 5 grammli quyma narxi 9 million 215 ming so‘mni tashkil etgandi.

Jahon bozorida esa oltin narxi ko‘tarildi. 19-yanvar kuni u 1,6 foizga o‘sib, bir unsiya uchun 4 666,11 dollarni tashkil etdi. Oltin narxi bilan birga kumush narxi ham oshdi. Bunga AQSH prezidenti Donald Trampning Grenlandiya ustidan nazorat o‘rnatish masalasida Yevropa davlatlariga qo‘shimcha bojlar joriy etishi sabab bo‘ldi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar