Daryo

O‘zbekistonda 5 grammli quyma oltin narxi birinchi marta 9 mln so‘mdan oshdi

Markaziy bank 12-yanvar kuni oltin yombilarini sotish va qadog‘i butligi yoki buzilganiga qarab qayta sotib olish narxlarini e’lon qildi.

1 daqiqa o‘qish16 117 ko‘rishlar0 izoh1

O‘zbekistonda 12-yanvar kuni grammli oltin quyma narxi birinchi marta 9 million so‘mdan oshdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, oltin quymalar narxi quyidagicha belgilandi:

  • 5 gramm — 9 mln 010 ming so‘m;
  • 10 gramm — 18 mln 020 ming so‘m;
  • 20 gramm — 36 mln 472 ming so‘m;
  • 50 gramm — 90 mln 100 ming so‘m;
  • 100 gramm — 180 mln 200 ming so‘m.
O‘zbekiston Markaziy banki 5-yanvardan oltin quymalarini qaytarib sotib olish narxlarini e’lon qilishni boshladi. Uni qaytarib olish narxlari esa qadog‘i butligi yoki buzilganiga (texnik talablarga mos kelmaydigan holatda bo‘lganiga) ko‘ra farqlanadi.

Foto: Markaziy bank

Jahon bozorida ham oltin narxi keskin oshib, 4600 dollarlik marrani zabt etdi. Tobora ko‘proq investorlar fond bozorlaridagi xavflardan qochib, eng ishonchli aktiv hisoblangan oltinga murojaat qilmoqda. Bunga qator omillar sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Eronda davom etayotgan norozilik namoyishlari, AQSH bu mamlakatga zarba berishi mumkinligi haqida xavotirlar hamda Grenlandiya atrofidagi vaziyat shular jumlasidan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar