O‘zbekistonga 3-noyabr, dushanba kuni sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qator hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Toshkent shahrida havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechga tomon yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3—8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8—10 daraja iliq, kunduzi 14—16 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja iliq, kunduzi 9—14 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechasi yogʻingarchilik kuzatilmaydi, kunduzi baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3—8 daraja iliq, kunduzi 11—16 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechga tomon baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5—10 daraja iliq, kunduzi 15—20 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechga tomon baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13—18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 6—11 daraja iliq, kunduzi 14—16 daraja iliq boʻladi.
Surxondaryo viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13—18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 6—11 daraja, kunduzi 17—22 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5—10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4—9 daraja, kunduzi 15—20 daraja boʻladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13—18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja iliq, kunduzi 5—10 daraja iliq boʻladi.
“O‘zgidromet” 3-noyabr kuni shimoliy hududlarga, 4—6-noyabr kunlari respublikaning barcha hududlariga sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib kelishini avvalgi prognozlarida ma’lum qilgandi. 4—6-noyabrga kelib havo harorati asta-sekin pasayadi va kechalari 0—3 daraja iliqni tashkil etadi, ba’zi joylarda sovuq bo‘lishi mumkin. Noyabr oyida o‘rtacha oylik havo harorati me’yordan 1—1,5 daraja past bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda me’yorga yaqin bo‘ladi.








