O‘zbekiston hududiga shanba va yakshanba kunlari nam havo massalarining yangi qismi kirib keladi. Bu haqda “O‘zgidromet” matbuot xizmati xabar berdi.
Prognozlarga ko‘ra, payshanba kuni yog‘ib o‘tgan yog‘ingarchilikdan so‘ng, juma kuni kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati 0-5 daraja iliq, janubda 6-9 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Shanba va yakshanba kunlari respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 0-5 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi.
Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli 19—22-dekabr kunlari respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.








