“O‘zgidromet” 18—25-yanvar kunlari kutilayotgan ob-havo haqida maʼlumot berdi. Unga ko‘ra, hafta boshida qator hududlarda qor yog‘ishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 21-yanvarda baʼzi joylarda qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin.
Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18 va 24—25-yanvarda 5-10 daraja sovuq, 19-23-yanvarda 8-13 daraja sovuq, kunduzi 18-20-yanvarda 1-6 daraja sovuq, 21-25-yanvarda 2 daraja sovuq -3 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18-20-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatida 18-yanvarda kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz qor yog‘adi. 21 va 25-yanvarda baʼzi joylarda qor yog‘ishi mumkin. 22-24-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 18-20-yanvarda 2-7 daraja sovuq, 21-yanvarda 0-5 daraja sovuq, 22-25-yanvarda 3-8 daraja sovuq, kunduzi 18-21 va 24-25-yanvarda 0-5 daraja iliq, 22-23-yanvarda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo‘ladi. Navoiy viloyati shimolida kechasi 18 va 24-25-yanvarda 5-10 daraja sovuq, 19-23-yanvarda 8-13 daraja sovuq, kunduzi 18-20-yanvarda 1-6 daraja sovuq, 21-25-yanvarda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18-20-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida 18-yanvarda kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz qor yog‘adi. 21-yanvarda baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
23-25-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-yanvarda 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, 19-21-yanvarda 0-5 daraja sovuq, 22-25-yanvarda 2-7 daraja sovuq, kunduzi 18-21 va 24-25-yanvarda 0-5 daraja iliq, 22-23-yanvarda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18-20-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21-yanvarda baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 22-yanvarda baʼzi joylarda qor yog‘ishi mumkin. 23-25-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-yanvarda 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, 19-22-yanvarda 0-5 daraja sovuq, 23-25-yanvarda 2-7 daraja sovuq, kunduzi 18-19 va 24-25-yanvarda 2-7 daraja iliq, 20-21-yanvarda 5-10 daraja iliq, 22-23-yanvarda 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18-yanvarda kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz qor yog‘adi, 19-21 va 24-25-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-yanvarda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, 19-21-yanvarda 0-5 daraja sovuq, 22-25-yanvarda 2-7 daraja sovuq, kunduzi 18-21-yanvarda 0-5 daraja iliq, 22-25-yanvarda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. 18-19-yanvarda qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuqdan 8-13 daraja sovuqqacha, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliqdan 2-7 daraja sovuqqacha o‘zgarib turadi.
Yanvar oyi uchun prognozlarga ko‘ra, ikkinchi o‘n kunlikda harorat pasayib boradi. Uchinchi o‘n kunlikda respublika shimolida kechasi 15-20 darajagacha sovuq bo‘lishi mumkin.








