“O‘zgidromet” 23-yanvar, juma kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 1-3 daraja sovuq bo‘ladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq, Ustyurtda kechasi 15-20 daraja sovuqqacha, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, cho‘l hududning shimolida 11-13 daraja sovuqqacha, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, ba’zi joylarda 8 daraja sovuqqacha, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shimoli-sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo‘ladi.
“O‘zgidromet” 22—24 yanvar kunlari nam va sovuq havo massalari kirib kelishi, havo harorati pasayib, qator hududlarda qor yog‘ishini ma’lum qilgandi.








