Daryo

“Real” yozgi transfer oynasi vaqtida Holandni sotib oladi — Sky Sport Germany

“Qirollik klubi” rahbariyati norvegiyalik futbolchining yaqinlari bilan yaxshi aloqa o‘rnatgan bo‘lib, bu holat ehtimoliy transferning amalga oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

1 daqiqa o‘qish3 430 ko‘rishlar0 izoh3

Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holandni jamoaga taklif qilmoqchi. Bu haqda Sky Sport Germany nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ayni paytda “qirollik klubi” qutqaruvchi qidirmoqda. Holand esa ularning talablariga to‘liq mos keladi. Shu bois norvegiyalik hujumchining transferi 2025/26-yilgi mavsum yakunida amalga oshishi mumkin. “Real” rahbariyati Holand yaqinlari va uning agenti Rafaela Pimenta bilan yaxshi aloqa o‘rnatgan bo‘lib, bu transferni amalga oshishida muhim rol o‘ynashi mumkin.

“Holand Ispaniyani yaxshi ko‘radi. Uning asosiy maqsadi — madridliklar safida o‘ynash. Biroq kelishuvni amalga oshirish oson bo‘lmaydi, chunki norvegiyalik futbolchining “Manchester Siti” bilan shartnomasi 2034-yilgacha mo‘ljallangan”, deyiladi manbada.

Eslatib o‘tamiz, Holand 2022-yildan buyon “Manchester Siti” safida to‘p surib kelmoqda. Joriy mavsumda hujumchi jami 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 26 ta gol va 4 ta assist yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali hujumchining qiymatini 200 million yevroga baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar