Daryo

Gvardiola Holanddan “Real” bilan muzokaralarni to‘xtatishni so‘radi — El Nacional

Angliya matbuotida norvegiyalik hujumchining Madridning “Real” klubiga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqaldi.

1 daqiqa o‘qish4 592 ko‘rishlar0 izoh3

Angliya matbuotida Erling Holandning Madridning “Real” klubiga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqalmoqda. El Nacional nashrining yozishicha, “Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola ushbu vaziyatga munosabat bildirgan.

Mutaxassis hujumchidan transfer borasidagi muzokaralar va mish-mishlarga chalg‘imaslikni, bor e’tiborini mavsumning hal qiluvchi qismiga qaratishni so‘ragan. “Manchester Siti” rahbariyati futbolchining sport formasidan emas, balki bunday xabarlar uning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va jamoadagi umumiy muhitni buzishi mumkinligidan xavotirda. Gvardiolaning fikricha, jamoaning barcha turnirlarda g‘alaba qozonishi nafaqat Holandning jismoniy, balki ruhan tayyorligiga ham bog‘liq.

“Real”ning norvegiyalik futbolchiga bo‘lgan qiziqishi uzoq vaqtdan beri ma’lum. Madrid klubi hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun Holand nomzodini asosiy variant sifatida ko‘rmoqda. Garchi transfer moliyaviy jihatdan murakkab bo‘lsa-da, futbolchining xohishi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, Gvardiola Holand bilan suhbatda “Real” bilan har qanday muloqotni kamida mavsum tugagunga qadar to‘xtatib turishni tavsiya qilgan. Mavsum yakunlangach, futbolchi o‘z kelajagi borasida mustaqil qaror qabul qilishda erkin bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali 25 yoshli Erling Holandni 200 million yevroga baholagan. Uning “Manchester Siti” bilan shartnomasi 2034-yilning yoziga qadar amal qiladi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar