Daryo

“Real” “Manchester Siti” futbolchisi transferidan voz kechdi

“Qirollik klubi”ning ushbu qarorga kelishida bir qancha omillar, jumladan Rodrining yuqori narxi, tez-tez jarohat olishi hamda futbolchining yoshi transferni amalga oshmasligiga sabab bo‘lgan.

1 daqiqa o‘qish6 292 ko‘rishlar0 izoh2

Madridning “Real” klubi “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri transferidan voz kechdi. “Qaymoqranglilar” 29 yoshli ispaniyalik futbolchini sotib olmoqchi emas. Bu haqda El Nacional nashri xabar berdi.

Madrid klubining bu qaroriga bir nechta omillar sabab bo‘lgan. Asosiy sabab sifatida futbolchining yuqori qiymati, yoshi hamda tez-tez sog‘liq bilan bog‘liq muammolari tilga olinmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, ispaniyalik yarim himoyachi o‘tgan yil sentyabr oyida tizzasidagi xoch bog‘lamning uzilishi ortidan jiddiy jarohat olgan va hozirgacha to‘liq tiklanib, optimal sport formasiga qayta olmayapti. Ushbu jarohat hamon uning barqaror o‘yin ko‘rsatishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.

“Real” rahbariyati Rodri transferidan voz kechgach, bor e’tiborini boshqa nomzodlarga qaratdi. Madrid klubi Angliya Premyer Ligasi vakili “Kristal Pelas” futbolchisi Adam Uorton va Niderlandiyaning “AZ Alkmar” klubida o‘ynayotgan Kes Smitni transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. “Qirollik klubi” ushbu futbolchilarni sotib olib, uzoq muddatli loyihasining bir qismiga aylantirmoqchi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Rodri “Manchester Siti” safida sakkizta o‘yinda maydonga tushdi. Uning klub bilan shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 90 million yevroga baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar