Daryo

“Real Madrid” Erling Holandning vakillari bilan bog‘landi

“Qirollik klubi” joriy mavsum yakunida Vinisius Juniorni Saudiya Arabistoni klubiga 250 million yevroga sotishni rejalashtirmoqda. Ushbu bitimdan tushadigan mablag‘ aynan Holandning transferi uchun sarflanishi mumkin.

1 daqiqa o‘qish1 848 ko‘rishlar0 izoh0

Madridning “Real” klubi “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holandning vakillari bilan bog‘lanib, uning transferi bo‘yicha muzokara boshladi. Bu haqda Caught Offside nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “qirollik klubi” joriy mavsum yakunida Vinisius Juniorni Saudiya Arabistoni klubiga 250 million yevroga sotishni rejalashtirmoqda. Ushbu bitimdan tushadigan mablag‘ aynan Holand transferi uchun sarflanishi mumkin.

Biroq “Manchester Siti” 25 yoshli norvegiyalik yulduzni qo‘yib yuborishni istamayapti. Holandning amaldagi shartnomasi 2034-yilgacha mo‘ljallangan. Shunga qaramay, “Real” bu transferdan voz kechmoqchi emas. Agar Vinisius sotilsa, klub darhol Holandni Madridga olib kelishni maqsad qilgan.

Ma’lumot uchun, Holand 2022-yil yozida “Manchester Siti”ga qo‘shilgan. U shu vaqtgacha barcha musobaqalar doirasida jami 155 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 136 ta gol va 22 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali Erlingning qiymatini 180 million yevroga baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar