Daryo

“Real” Vinisius o‘rniga “Arsenal” futbolchisini sotib olishi mumkin

Ehtimoliy transfer qiymati 100 mln yevroga baholangan. “Qirollik klubi” Vinisius klub bilan yangi shartnoma imzolay olmasa, Martinelli variantini ko‘rib chiqadi.

1 daqiqa o‘qish2 584 ko‘rishlar0 izoh2

Bir qator agentlar Madridning “Real” klubiga “Arsenal” vingeri Gabriel Martinellini taklif qilishdi. “Qirollik klubi” braziliyalik futbolchini jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan Vinisius Junior uchun potensial o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Bu haqda Defensa Central nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 24 yoshli futbolchining ehtimoliy transferi taxminan 100 million yevroga baholanmoqda, biroq yakuniy summa bundan pastroq bo‘lishi ham mumkin. Martinelli yetti yil davomida to‘p surgan London klubini tark etish ehtimolini istisno qilmayapti.

Yozgi transfer oynasi vaqtida Martinelliga Kataloniyaning “Barselona” klubi ham qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo transfer noma’lum sabablarga ko‘ra amalga oshmay qoldi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda “Arsenal” hujumchisi barcha musobaqalar doirasida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 9 ta gol va 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Garielning bozor qiymati 45 million yevroni tashkil etadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar