Daryo

“Al-Ahli” Vinisiusga 1 mlrd yevrolik shartnoma taklif qildi — Ben Jeykobs

Ayni paytda Jidda klubi hamda braziliyalik futbolchi shartnoma bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda.

1 daqiqa o‘qish3 785 ko‘rishlar0 izoh3

Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubi “Real Madrid” hujumchisi Vinisius Juniorga 1 milliard yevrolik shartnoma taklif qildi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qilgan.

Manbaga ko‘ra, “Al-Ahli” 25 yoshli braziliyalik futbolchini yozgi transfer oynasi vaqtida o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan. Ayni paytda tomonlar ehtimoliy transfer yuzasidan muzokaralar olib bormoqda. Agar futbolchi va Jidda klubi kelishuvga erisha olsa, futbolchi yozda faoliyatini Saudiya chempionatida davom ettirishi mumkin. 

Avvalroq Vinisius “Real”da qolish istagini bildirgan va klub bilan shartnomani uzaytirishga tayyor ekanini aytgandi. Biroq saudiyalik investorlarning qat’iy pozitsiyasi vaziyatni o‘zgartirishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida Vinisius Junior 2018-yilda “Flamengo”dan “Real”ga 45 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan. Joriy mavsumda hujumchi “qirollik klubi” jami 30 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7 ta gol va 11 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Futbolchining “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali Vinisiusning bozor qiymatini 150 million yevroga baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar