Daryo

Abduqodir Husanov Angliya Kubogi yarim finali ramziy jamoasidan joy oldi

Tarkibga Husanovdan tashqari “Manchester Siti” jamoasining yana ikki futbolchisi — Jeyms Trafford va Rayan Sherki kiritildi.

1 daqiqa o‘qish12 503 ko‘rishlar0 izoh13

Sofascore portali Angliya Liga kubogi yarim final bosqichi yakunlariga ko‘ra ramziy jamoani e’lon qildi. Undan O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanov ham joy oldi.

Tarkibga Husanovdan tashqari “Manchester Siti” jamoasining yana ikki futbolchisi — Jeyms Trafford va Rayan Sherki kiritildi. Shuningdek, “Arsenal”dan 4 nafar, “Chelsi”dan 3 nafar hamda “Nyukasl”dan 1 nafar futbolchi ham ramziy jamoadan joy olgan.

Angliya Liga Kubogi ramziy terma jamoasi (Sofascore):

Darvozabon: Jeyms Trafford (“Manchester Siti”);

Himoyachilar: Ben Uayt (“Arsenal”), Jorrel Hato (“Chelsi”), Abduqodir Husanov (“Manchester Siti”), Levis Hall (“Nyukasl”);

Yarim himoyachilar: Deklan Rays (“Arsenal”), Martin Zubimendi (“Arsenal”), Enso Fernandesh (“Chelsi”;

Hujumchilar: Alexandro Garnacho (“Chelsi”), Viktor Dyokeresh (“Arsenal”, Rayan Sherki (“Manchester Siti”)

Foto: Sofascore

“Chels” — “Arsenal” uchrashuvida (2:3) dubl muallifiga aylangan Alexandro Garnacho 9,2 ball bilan eng yuqori ball olgan futbolchiga aylandi. Abduqodir Husanov esa ramziy terma jamoaga kiritilganlar orasida eng yuqori ball olgan ikkinchi futbolchi bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” Angliya Kubogi 1/2 final bosqichining ilk uchrashuvida “Nyukasl”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Ikkinchi yarim finalda esa “Arsenal” 3:2 hisobida “Chelsi”dan ustun keldi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob bahslari 4—5-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar