Daryo

Husanov to‘liq o‘ynagan bahsda “Manchester Siti” “Nyukasl”ni mag‘lub etib, Angliya Liga Kubogi finaliga yo‘l oldi

Turnirning final uchrashuvida “shaharliklar”ga “Arsenal” klubi raqiblik qiladi.

1 daqiqa o‘qish7 734 ko‘rishlar0 izoh4

“Manchester Siti” Angliya Liga Kubogi yarim finalining javob uchrashuvida “Nyukasl”ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, musobaqa finaliga yo‘l oldi. Uchrashuv Manchester shahridagi “Etihad” stadionida bo‘lib o‘tdi.

“Shaharliklar” safida Omar Marmush 7 va 29-daqiqalarda, Tidjani Reynders esa 32-daqiqada gol urdi. “Nyukasl” tarkibida Antoni Elanga 62-daqiqada hisobni qisqartirdi. Jamoalar o‘rtasidagi ilk uchrashuvda “Manchester Siti” safarda 2:0 hisobida g‘alaba qozongandi.

Finalda “Manchester Siti” “Arsenal”ga qarshi maydonga tushadi. London klubi yarim finalda “Chelsi”ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra mag‘lub etdi (3:2 va 1:0). Kubok uchun bahs 22-mart kuni Londondagi “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq harakat qildi. Sofascore portali tomonidan Husanovning o‘yini 6,3 ball bilan baholandi.

Angliya Liga kubogi 1960-yildan buyon o‘tkazib kelinadi. O‘tgan mavsumda “Nyukasl” ushbu musobaqada ilk bor g‘olib bo‘lgan. Turnir tarixidagi eng ko‘p g‘alabaga “Liverpul” ega — 10 marta. “Arsenal” hisobida 2 ta, “Manchester Siti” esa ushbu sovrinni 8 marta qo‘lga kiritgan.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar