Angliya Liga Kubogi yarim finalidan o‘rin olgan “Manchester Siti” hamda “Nyukasl” o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Nyukasldagi “Sen-Jeyms Park” stadionida o‘tgan o‘yinda “shaharliklar” g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi hisob 53-daqiqada Antonio Semenyo tomonidan ochildi. 90+9-daqiqada Rayan Sherki ikkinchi golni urib, uchrashuvga yakuniy nuqtani qo‘ydi — 0:2. Mazkur hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi.
O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov bahsni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq harakat qildi.
2026-yilda “Manchester Siti” safiga qo‘shilgan Semenyo ketma-ket ikkinchi uchrashuvda raqib darvozasini ishg‘ol etdi va o‘yinning eng yaxsi futbolchisi deb topildi. Bunga qadar 26 yoshli ganalik futbolchi Angliya Kubogi 3-bosqichidan o‘rin olgan “Manchester Siti” — “Ekseter Siti” uchrashuvida gol va assist qayd etgan edi.
Jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 5-fevral kuni Manchester shahridagi “Etihad” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Yarim finalning ikkinchi bahsi “Chelsi” va “Arsenal” o‘rtasida kichadi. O‘yin 15-yanvarga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da London shahridagi “Stemford Brij” stadionida start oladi.
Angliya Liga Kubogi
Yarim final, dastlabki o‘yin
“Nyukasl” — “Manchester Siti” 0:2
Gollar: 0:1 — Semenyo (53), 0:2 — Sherki (90+9)








