Daryo

Abduqodir Husanov “Nyukasl”ga qarshi o‘yinda eng yuqori bahoga loyiq ko‘rildi

“Manchester Siti” Angliya Liga Kubogi yarim finalining dastlabki uchrashuvida g‘alaba qozondi.

1 daqiqa o‘qish16 038 ko‘rishlar0 izoh37

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Angliya Liga Kubogi yarim finalidan o‘rin olgan “Nyukasl” — “Manchester Siti” uchrashuvida (0:1) asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq harakat harakat qildi.

Husanov o‘yin davomida 76 marta to‘pga tegindi. Futbolchi bu vaqt ichida jami 62 marta uzatma amalga oshirgan bo‘lib, shulardan 58 tasi aniq manzilga yetib bordi — 94 foiz. Shuningdek, u 26 marta uzoq masofaga uzatmani amalga oshirdi. Ulardan 25 tasi aniq bo‘ldi — 96 foiz. O‘zbekistonlik himoyachi Sofascore tomonidan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi va 8,1 ball bilan baholadi.

Foto: Sofascore

Abduqodir Husanovning himoyadagi harakatlari:

  • Himoyaviy harakatlar: 10 marta
  • Faol kurash orqali to‘pni olib qo‘yish: 4 marta (3 tasi muvaffaqiyatli)
  • Tozalashlar: 6 marta
  • To‘pni qaytarib olish: 4 marta
  • Maydondagi kurashlar: 5 marta (4 tasi muvaffaqiyatli)
  • Havodagi kurashlar: 2 marta (bittasi muvaffaqiyatli)
  • Xavfli vaziyatda to‘pni qaytarib olish: 1 marta

Sofascore tomonidan uchrashuvdagi birinchi gol muallifi Antonio Semenyo — 6,5 ball, darvozabon Jeyms Trafford — 7,4 ball, himoyachi Maks Alleyn — 7,1 ball, ikkinchi golni kiritgan Rayan Sherki — 7,7 ball bilan baholadi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar