Daryo

Husanovning “Nyukasl”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

O‘zbekistonlik futbolchi uchrashuvning ikkinchi bo‘limida maydonga tushdi.

1 daqiqa o‘qish40 010 ko‘rishlar0 izoh26

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Angliya Premyer Ligasining 27-turidan o‘rin olgan “Manchester Siti” — “Nyukasl” uchrashuvining(2:1) ikkinchi bo‘limida Ruben Diashning o‘rniga maydonga tushdi.

Uchrashuv davomida Husanov 31 marta to‘p bilan muomala qildi. Himoyachi jami 27 ta uzatma amalga oshirgan bo‘lib, ularning 25 tasi aniq manzilga yetib bordi — 93 foiz aniqlik. Sofascore portali o‘zbekistonlik futbolchining harakatlarini 7,0 ball bilan baholadi. Bu “shaharliklar” himoya chizig‘ida harakat qilgan futbolchilar ichidagi eng yaxshi ikkinchi ko‘rsatkich hisoblanadi. 

Abduqodir Husanovning himoyadagi harakatlari:

  • Himoyaviy harakatlar: 4 marta;
  • To‘pni olib qo‘yish: 2 marta (1 tasi muvaffaqiyatli);
  • Xavfni bartaraf etish: 1 marta;
  • Zarbani to‘sib qolish: 1 marta;
  • To‘pni qaytarib olish: 5 marta;
  • Yerdagi kurashlar: 5 marta (3 tasi muvaffaqiyatli);
  • Havodagi kurashlar: 1 marta.
Foto: Sofascore
Foto: Sofascore

“Manchester Siti”ning har ikki goliga mualliflik qilgan Niko O’Rayli o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi — 8,7 ball. Nikoning 14 hamda 27-daqiqalarda kiritgan gollari  “shaharliklar”ga muhim 3 ochko taqidim etdi. Yarim himoyachi Rodri esa 8,6 ball bilan o‘yinning eng yaxshi ikkinchi futbolchisi bo‘ldi.

“Nyukasl” safida uch nafar futbolchi eng yaxshisi bo‘ldi — darvozabon Nik Pop, himoyachi Malik Tiav hamda yarim himoyachi Jakob Remzi. Sofascore portali barcha futbolchining harakatlarini 7,3 ball bilan baholgan. Mehmonlarning yagona gol muallifi Lyuis Hollning o‘yini esa 7,1 ballga loyiq ko‘rilgan. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar