Daryo

O‘zbekistonda 2026-yilga mo‘ljallangan ish vaqti kalendari tuzildi

Prezident farmonlari bilan qo‘shimcha dam olish kunlari belgilansa yoki dam olish kunlari ko‘chirilsa, ish vaqti kalendariga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.

2 daqiqa o‘qish54 304 ko‘rishlar0 izoh14

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan 2026-yilga mo‘ljallangan ish vaqti kalendari tuzildi.

Mazkur ish vaqti kalendari O‘zbekiston Mehnat kodeksi, prezidentning 2025-yil 26-dekabrdagi farmoni hamda 2025–2026-yillar kalendar ma’lumotlari asosida shakllantirilgan.

Taqdim etilgan hujjatda 5 kunlik (40 soatlik), 6 kunlik (40 soatlik) va 6 kunlik (36 soatlik) ish haftalari uchun oylar, choraklar, yarim yillik va yil kesimida ish soatlari hamda ish kunlari soni hisoblab chiqilgan. Shuningdek, 2026-yilda nishonlanadigan rasmiy bayram kunlari va bayramoldi ish kunlarida ish vaqti me’yorlari alohida ko‘rsatib o‘tilgan.

Ish vaqti kalendaridan:

  • ish jadvallarini ishlab chiqishda;
  • ta’til muddatlarini rejalashtirish va rasmiylashtirishda;
  • oylik, choraklik va yillik ish soatlarini aniqlashda hamda boshqa mehnatni tashkil etish bilan bog‘liq jarayonlarda foydalanish mumkin.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, prezident farmonlari bilan qo‘shimcha dam olish kunlari belgilansa yoki dam olish kunlari ko‘chirilsa, ish vaqti kalendariga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.

Qayd etilishicha, Ro‘za hayiti (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) bayramlari sanalari oy taqvimiga bog‘liq bo‘lgani sababli ularning aniq kunlari bir kunga o‘zgarishi mumkin.

Prezident farmoni bilan fuqarolarning rasmiy bayramlar davrida to‘liq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida ichki va ziyorat turizmini yanada kengaytirish maqsadida dam olish va bayram kunlaridan samarali foydalanish choralari belgilandi.

Farmonga muvofiq, qo‘shimcha dam olish kunlari quyidagicha etib belgilandi:

  • 2025-yilda barcha xodimlar uchun, ish haftasining turidan qat’i nazar, 31-dekabr (chorshanba) qo‘shimcha dam olish kuni hisoblanadi.
  • 2026-yilda barcha xodimlar uchun, ish haftasining turidan qat’i nazar, 2-yanvar (juma), 28-may (payshanba),
  • 29-may (juma) va 31-avgust (dushanba) kunlari qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilandi.
  • Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun esa 3-yanvar (shanba), 30-may (shanba) hamda 31-dekabr (payshanba) qo‘shimcha dam olish kunlari sifatida belgilandi.
Shuningdek, Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq, 2026-yilda ishlanmaydigan bayram kunlari dam olish kunlariga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ayrim dam olish kunlarini ko‘chirish belgilandi.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar