“Tolibon” 19-mart sanasini Afg’onistonda Ramazon hayiti deb e’lon qildi. Bu haqda Oliy sud 18-mart kuni qaror qabul qildi.
Qaror Hilmand, Farah va G‘or provinsiyalarida yangi oyni kuzatish asosida qabul qilindi. Shunga tayanib, Oliy sud buni shariat qonunlariga ko‘ra hayit kunini belgiladi.
Ayni pauytda Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan Afg‘onistonga qarshi harbiy operatsiyani besh kunga to‘xtatdi. Axborot va radioeshittirish vaziri Ataulloh Tararning ma’lum qilishicha, qaror Saudiya, Qatar va Turkiya iltimosiga ko‘ra qabul qilingan. Otashkesim 18-mart kunidan boshlab kuchga kiradi va 24-martga o‘tar kechaga qadar davom etadi.
O‘zbekistonda esa Ramazon hayiti 20-mart etib belgilandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-mart kuni “Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.








