Daryo

Nukusda soxta bank xodimi pora olayotganida ushlandi

U ikki fuqaroga jami 1,5 mlrd so‘m imtiyozli kredit ajratib berishini aytib, firibgarlik qilgan.

1 daqiqa o‘qish10 098 ko‘rishlar0 izoh0

Nukusda o‘zini bank xodimi deb tanishtirib firibgarlik qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlanishicha, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan fuqaro H.K. ikki nafar fuqaroga o‘zini go‘yoki bank xodimi sifatida tanishtirgan.

U Toshkent shahrida ishlaydigan tanishlari yordamida fuqaro I.T.ga 1,2 milliard so‘m, fuqaro M.B.ga esa 300 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘larini ajratib berishini aytib, evaziga jami 48,4 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan bir kun avval Toshkent viloyatida fuqaroning uyiga bostirib kirib, pul talab qilgan soxta IIO xodimlari ushlangani xabar qilingandi. 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar