Daryo

Farg‘onada 210 ming dollarga hokimlik lavozimini va’da qilgan shaxs ushlandi

Bu pul evaziga u fuqaroni Uchko‘prik tumani hokimi lavozimiga ishga joylashtirib qo‘yishini aytgan. Oldindan 100 ming dollarni olayotganida qo‘lga tushgan.

1 daqiqa o‘qish9 944 ko‘rishlar0 izoh0

Farg‘ona viloyatida 210 ming dollar evaziga hokim lavozimiga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro S.A. fuqaro I.D.ning ishonchiga kirib, unga o‘zini O‘zbekiston hakamlik sudi sudyasining yordamchisi deb tanishtirib, go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali 210 ming AQSH dollari evaziga uni Uchko‘prik tumani hokimi lavozimiga ishga joylashtirib qo‘yishini aytgan.

U kelishilgan puldan 100 ming dollarni olayotganida vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar