O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Angliya Liga Kubogi 1/4 final bosqichidan o‘rin olgan “Manchester Siti” — “Brentford” uchrashuvini asosiy tarkibda boshlab, to‘liq harakat qildi.
Uchrashuvdan keyin Sofascore portali Husanovni 7,2 ball bilan baholadi. Futbolchi 90 daqiqa davomida 52 marta to‘pga tegingan. U o‘tgan vaqt ichida 40 marta sheriklariga uzatma amalga oshirgan bo‘lib, ularning 37 tasi aniq manzilga yetib bordi — 93 foiz.
Abduqodir Husanovning himoyadagi harakatlari:
- Himoyaviy harakatlar: 8 ta
- Raqibdan to‘pni qaytarib olish: 2 ta (2 tasi muvaffaqiyatli)
- Raqib zarbasini to‘sib qolish: 1 ta
- Tozalashlar: 5 ta
- Yerda kurashlar: 4 ta (3 tasida g‘alaba qozonilgan)
- Havodagi kurashlar: 4 ta (2 tasida g‘alaba qozonilgan)
- Qoidabuzarliklar: 2 ta
- Sariq kartochka: 1 ta
Futbolchi o‘yinning 16-daqiqasida sariq kartochka bilan jazolandi. Husanov raqib futbolchisiga qilgan qo‘polligi uchun hakam tomonidan ogohlantirildi.
Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” Angliya Liga Kubogi yarim finalida “Nyukasl”ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 2026-yilning yanvar-fevral oylarida bo‘lib o‘tadi.








